O‘zbekiston JCh ishtirokchisini ishonchli tarzda mag‘lub etdi
FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston MTJ Kamerun jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Kamerun termasi JCh-2022ga yo‘llanma olgan jamoa sanaladi. Shuning uchun Janubiy Koreyada tashkil etilgan ushbu bahsda jamoa bosh murabbiyi Rigober Song asosiy tarkib futbolchilarini jalb qildi. Bu bahslar Kamerun uchun JCh-2022ning guruh o‘yinlari oldidan so‘nggi sinov uchrashuvlari sanaladi.
Bahsni Srechko Katanets shogirdlari juda tartibli o‘yin bilan boshlashdi.
Pressing va qarshi hujumlar natijasida bahsning 25-daqiqasida Eldor Shomurodovning reydi va aniq uzatmasidan so‘ng Hojimat Erkinov hisobni ochdi.
O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi taymni ham ishonchli tarzda o‘tkazdi. 76-daqiqaga kelib vakillarimiz yana bir gol kiritishdi. Bu safar Oston Urunov gol muallifi bo‘ldi.
O‘zbekiston — Kamerun — 2:0
Gol: Hojimat Erkinov, 25; Oston Urunov, 76.
O‘zbekiston MTJ navbatdagi uchrashuvini Kosta-Rikaga qarshi o‘tkazadi. Kosta-Rika ham JCh-2022 ishtirokchisi sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter