Jurnalistning «surobini to‘g‘rilamoqchi» bo‘lgan hokim jazoga tortildi

Xakasiyaning Shirinskiy tumani hokimi Sergey Zaysev 2019-yilning bahorida o‘z xizmat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan «Rossiya» telekanali jurnalistiga nisbatan kuch ishlatgandi. «RIA Novosti» xabar berishicha, ushbu voqea bo‘yicha Chernogorsk shahar sudi hukm chiqardi: tuman hokimi Sergey Zaysevga ikki yil ozodlikdan mahrum etish shartli jazosi qo‘llandi.

Zaysev «Jurnalistlarning qonuniy faoliyat yuritishiga ularni axborot tarqatishdan bosh tortishga majburlash, xususan, jurnalistga nisbatan zo‘ravonlik qilish orqali to‘sqinlik qilish» moddasi bo‘yicha ayblandi.
Sud aniqlik kiritishicha, hukm qonuniy kuchga hali kirmagan.
Ma’lumot uchun: 2019-yilning 22-may kuni «Rossiya» telekanali jurnalisti, operatori va ovoz operatori Shirinskiy tumani ma’muriyatiga kelishgan, jurnalist tuman ta’lim tizimi haqida hokimdan intervyu olishga uringan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, muxbirning savollariga javob berishni istamagan Zaysev uning sha’niga haqoratli so‘zlar yog‘dirib, kabinetni bo‘shatib qo‘yishini talab qilgan. Bundan naf chiqmagach, Zaysev jurnalistni eshik tomon itara boshlagan, keyin esa polga chalib yiqitgan.
Keyin nima bo‘lganini ko‘rib turibsiz.
Juda tanish manzara-a. Darvoqe, bizning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ham rossiyalik hamkasblaridan o‘rganadigan jihatlar borday, nazarimizda...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter