Jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlar
«Chegarasiz reportyorlar» tashkiloti (RSF) 2022-yil uchun taqdim etgan hisobotga ko‘ra, Meksika va Ukraina — jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlar.
Meksika qatorasiga to‘rtinchi yil «eng xavfli mamlakat» bo‘lib qolmoqda, bu yil 11 nafar jurnalist o‘ldirib ketildi. Ukrainada — sakkiz (mamlakatda davom etayotgan urush tufayli), Gaitida — olti, Braziliyada — uch nafar jurnalist o‘ldirildi.
Tashkilot hisobotiga ko‘ra, jahon bo‘yicha 2022-yilda bevosita kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanish chog‘ida 57 nafar OAV xodimi halok bo‘lgan, hozir 65 nafar jurnalist tutqunlikda, 49 nafari bedarak yo‘qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter