Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist Oq uyni sudga bermoqchi

Jurnalist Oq uyni sudga bermoqchi

Foto:«The New York Post»

CNN telekanalining siyosiy tahlilchisi Brayan Karem Oq uyni sudga bermoqchi. Bu haqda u «Twitter»da yozib qoldirgan.

Ta’kidlanishicha, bunga jurnalistning OAV xodimlari uchun beriladigan ruxsatnomasi 30 kunga to‘xtatib qo‘yilgani sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari u Oq uyning qaroriga ham norozilik bildirgan. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasining qarori Amerika qonunchiligiga qarshi chiqadi.

U mamlakatning amaldagi rahbari va uning apparati jurnalistlarga nisbatan chidab bo‘lmaydigan dushmanlik va zo‘ravonlik kayfiyatini uyg‘otmoqda.

Karemning fikricha, bu choralar bilan xukumat OAV erkinligini cheklamoqchi va Amerika xalqiga muhim axborotni yetkazishga halal bermoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring