Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden va Rishi Sunak Shimoliy Irlandiyada uchrashadi

Jo Bayden va Rishi Sunak Shimoliy Irlandiyada uchrashadi

Joriy yilning 11 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Shimoliy Irlandiyada uchrashadi. Bu haqda Daily Mail gazetasi yozmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh rahbarining tashrifi Shimoliy Irlandiyada ko‘p yillik qurolli qarama-qarshilikka chek qo‘ygan Belfast kelishuvi imzolanganining 25 yilligiga to‘g‘ri keladi.

Aytilishicha, Bayden birinchi «hayrli juma» bitimi imzolangani munosabati bilan Belfastga tashrif buyuradi, so‘ngra Irlandiyaga boradi. U yerda Vashington va Dublin o‘rtasidagi global muammolarning keng doirasi bo‘yicha yaqin hamkorlik muhokama qilinadi,

Avvalroq, Oq uy matbuot xizmati Bayden 11-14 aprel kunlari Buyuk Britaniya va Irlandiyaga tashrif buyurishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring