Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada majburiy vaksinatsiyadan so‘ng 13 kishi vafot etdi

Janubiy Koreyada majburiy vaksinatsiyadan so‘ng 13 kishi vafot etdi

Foto: «TASS/EPA/Jeon Heon-Kyun»

Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligi grippga qarshi majburiy vaksinatsiyadan so‘ng 13 kishi vafot etgani haqida xabar berdi. Departament ushbu ma’lumotni bugun, ya’ni 22-oktyabr kuni e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, dastlabki o‘lim holati 16 oktyabr kuni Inchxon shahrida qayd etilgan: 17 yoshli o‘quvchi vaksinatsiyadan ko‘p o‘tmay hayotdan ko‘z yumgan. So‘ngra shunga o‘xshash holat Seul, Kengido provinsiyasi va boshqa hududlarda ham kuzatilgan. Vafot etganlarning aksariyati — keksa yoshdagi kishilar, deb yozadi TASS.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, kamida oltita holatda tergov jarayonida vaksinatsiya bilan odamlarning o‘limi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlanmagan. Eng keng tarqalgan noxush ta’sirlaridan biri bo‘lgan anafilaktik shok ehtimoli tekshirilganda manfiy natija ko‘rsatgan. Ustiga-ustak, vaksinalarda toksik moddalar topilmagan.

Shu munosabat bilan mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bu yil COVID-19 pandemiyasi fonida majburiy amalga oshirilayotgan grippga qarshi vaksinatsiyani to‘xtatishga asos yo‘qligini aytmoqda.

Avvalroq hukumat Janubiy Koreyada grippga qarshi taxminan 5 mln doza vaksina noto‘g‘ri saqlangani bois buzilgan bo‘lishi mumkinligini aniqlashgandi. Biroq bu ularning sifati va samarasiga ta’sir qilmagan degan qarorga kelishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring