Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada chaqaloqlarning «oyligi»ni 460 dollargacha ko‘tarishmoqchi

Janubiy Koreyada chaqaloqlarning «oyligi»ni 460 dollargacha ko‘tarishmoqchi

Foto: «The Guardian»

Janubiy Koreyada, statistika yuritila boshlanganidan beri, ilk marotaba aholi sonining manfiy o‘sishi qayd etildi: ya’ni tug‘ilganlardan vafot etganlar soni ko‘p.

BBC xabar berishicha, Janubiy Koreyada 2020-yilda 275 800 nafar chaqaloq tug‘ilgan, vafot etganlar soni esa 307 764 nafar. Shu tariqa mamlakat aholisi o‘tgan yili 31 964 kishiga kamaydi.

Solishtirish uchun: 2020-yilning 9 oyida O‘zbekistonda 614,7 ming nafar chaqaloq dunyoga kelgan — Janubiy Koreyada 2020-yil davomida tug‘ilgan chaqaloqlardan 2,2 baravar ko‘p. Ma’lumot uchun: Janubiy Koreya aholisi — 51,64 mln., O‘zbekiston aholisi — 34,38 mln. 

Koreya Respublikasida tug‘ilish muammosi yangilik emas, faqat 2020-yilda vaziyat yanada jiddiylashdi: 2020-yilda 2019-yilga nisbatan tug‘ilish 10 foizga qisqargan.

Demografik inqirozga qarshi kurashish uchun prezident Mun Chje In mamlakatda tug‘ilishni rag‘batlantirishga qaratilgan qator dasturlarni hayotga kiritmoqda. Masalan, ijtimoiy to‘lovlar: 2022-yildan boshlab har bir tug‘ilgan chaqaloq uchun oilalarga xarajatlarni qoplashga boshlanishiga $1850, keyin har oy — chaqaloq bir yoshga to‘lgunicha $280 dan pul beriladi. 2025 yildan esa chaqaloqlarning «oyligi»ni 460 dollargacha oshirish rejalashtirilgan.

Janubiy Koreyada sog‘liqni saqlash va pensiya jamg‘armasiga talab o‘sishi ortidan ijtimoiy mablag‘larga bosim yuki har qachongidan oshgan. Yoshlar sonining kamayib borishi ishchi kuchi yetishmovchiligiga olib kelyaptiki, bu mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring