Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi

Foto: TASS

Janubiy Koreya tergovchilari ikkinchi urinishda prezident Yun Sok Yolni hibsga olishdi, deb xabar berdi BBC.

Xuddi 12 kun ilgari bo‘lgani kabi bu safar ham hukumatdan chetlatilgan prezident qarorgohidagi ko‘p soatlik qarama-qarshilikdan so‘ng, nihoyat tergovchilar uni Korrupsiyani tergov qilish byurosiga olib borishdi.

Yun sal avval videomurojaat qilib, hibsga olinishini hamon noqonuniy hisoblashini, biroq qon to‘kilishining oldini olish uchun tergovchilar va politsiyaga bo‘ysunishga qaror qilganini aytgan.

2024-yil dekabr oyi boshida Janubiy Koreya prezidentining mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga urinishi muvaffaqiyatsizlika uchragan, shundan so‘ng parlament uni isyon uyushtirishda ayblab, davlat rahbariga impichment e’lon qilgandi.

Yun prezidentlik vazifasini bajarishdan 14-dekabrda (parlament impichmentga ovoz berganidan keyin) chetlatildi, biroq uni lavozimidan ketkazish uchun impichmentni Konstitutsion sud ham tasdiqlashi shart. Sud qarori chiqmas ekan, Yun Sok Yol rasman prezident bo‘lib qolaveradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring