Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya parlamenti mamlakatda it go‘shti savdosini taqiqladi

Janubiy Koreya parlamenti mamlakatda it go‘shti savdosini taqiqladi

Koreya Respublikasida Milliy assambleya itlarni go‘sht uchun ko‘paytirish, ularni so‘yish va it go‘shtini sotishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi.

Bu taqiq uchun 208 deputat ovoz berdi, ikki nafari betaraf qoldi, qarshi ovozlar bo‘lmadi, deb yozmoqda «Yonhap» agentligi.

Qonun uch yillik o‘tish davridan keyin, ya’ni 2027-yildan to‘liq kuchga kirishi kutilmoqda. Hujjatga ko‘ra, taqiqni buzganlar 30 million von (taxminan 22 768 dollar)gacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Shuningdek, bunga qadar it go‘shtini yetishtirish va sotish bilan shug‘ullanib kelgan korxonalarning biznesni qayta yo‘naltirishlari uchun subsidiyalar bo‘yicha yordam va’da qilinmoqda. Bunday kompaniyalarning barchasi o‘z faoliyatini davom ettirishlari uchun mahalliy hukumatga boshqa biznesga o‘tganligi haqidagi rejasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 1150 ga yaqin it fermasi, 34 ta so‘yish joyi, 219 ta it go‘shti tarqatuvchi va 1600 ga yaqin restoran mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring