Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya minimarketlar soni bo‘yicha Yaponiyani ortda qoldirdi

Janubiy Koreya minimarketlar soni bo‘yicha Yaponiyani ortda qoldirdi

Foto: YesAsia

Janubiy Koreya kundalik ehtiyoj mollarini sotadigan do‘konlar — minimarketlar soni bo‘yicha Yaponiyani rasman ortda qoldirdi, deb xabar berdi Business Korea.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada 55 641 ta minimarket bor, bu 2023-yil oxiriga nisbatan 73 taga kam, Janubiy Koreyada esa xuddi shu davrda 55 580 ta minimarket bo‘lib, ularning qatoriga har yili 1 000 tadan ko‘p do‘kon qo‘shilmoqda.

Yaponiyadagi minimarketlar soni 2021-yil yanvar oyida eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan va 55 911 taga yetgandi va o‘shandan buyon 23 oy qatorasiga qisqarishda davom etyapti. Bu pasayish asosan aholining qarishi oqibatida yuzaga kelgan ishchi kuchi tanqisligi bilan bog‘liq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring