Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya ilk fazoviy raketasini uchirdi — «Uddalab bo‘lmas topshiriq»

Janubiy Koreya ilk fazoviy raketasini uchirdi — «Uddalab bo‘lmas topshiriq»

Foto: API / Yonhap

Bugun, 21-oktyabr sanasida Janubiy Koreya o‘zining ilk raketa-tashuvchisi — «Nuri» (KSLV-II)ni fazoga uchirdi. Poytaxt Seuldan 470 kilometr janubdagi Koxinda joylashgan «Naro» kosmodromidan raketaga berilgan start televideniye orqali jonli efirga uzatildi.

Koreya Respublikasi bu raketasini yasashga 2010-yildan kirishgan. «Nuri» tarjima qilinganda bizni qurshab turgan «dunyo» ma’nosini anglatadi. 200 tonnali raketa orbitaga 1,5 tonnagacha bo‘lgan yo‘ldoshlarni olib chiqishga mo‘ljallangan.

Raketa startidan sal o‘tib Koreya Respublikasi prezidenti bayonot berdi.

«Afsuski, maqsadga to‘liq erishilmadi», — prezidentning so‘zlarini keltirmoqda «Yonhap» agentligi.

«Raketani 700 kilometrgacha balandlikka uchira olganimiz muhim, albatta, fazo yanada yaqinlashdi. Biroq yo‘ldosh maketini orbitaga chiqarish uddalanmagan topshiriqligicha qoldi», — dedi Mun Chje In.

Ta’kidlash kerakki, taraqqiyotning har jabhasida shimoldagi qo‘shnisidan o‘zib ketgan Janubiy Koreya fazoni zabt etish borasida anchayin ortda qolmoqda. Shimoliy Koreya 2012-yilning dekabr oyida «Inxa-3» raketasi yordamida «Kvanmyonson-3» yo‘ldoshini orbitaga olib chiqishni uddalagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring