Jahonda eng ko‘p afyun yetishtirayotgan davlat ma’lum bo‘ldi
BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, Myanma joriy yilda 20 yil ichida rekord miqdorda afyun ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
«2023-yilda Myanmada opiy ishlab chiqarish 1080 tonnaga baholanmoqda, bu 2022-yilga nisbatan 36 foizga ko‘p va hozirda 2001-yildan beri eng yuqori darajada», — deyiladi hisobotda.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida Myanmada ko‘knori ekish 18 foizga oshib, 47,1 ming gektarga yetgan.
2021-yildan beri harbiylar nazoratida bo‘lgan Myanmada 2022-yilda ko‘knori yetishtirish hajmi 33 foizga oshgani avval xabar qilingan edi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi mintaqaviy vakili Jeremi Duglasning so‘zlariga ko‘ra, o‘sish Myanmadagi siyosiy va iqtisodiy notinchlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda afyun ekiladigan maydonlar uchdan bir qismga oshib, 40,1 ming gektarga yetdi.
Hisobotda aytilishicha, Myanmada har yili ishlab chiqariladigan opiyning qiymati 2 milliard dollarga yetishi mumkin, giyohvand moddalarning katta qismi qo‘shni davlatlar va jahon bozoriga olib o‘tiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter