Istanbulda kuchli do‘l yog‘di
Istanbul shahrida kuchli yomg‘ir ortidan do‘lni ergashtirib keldi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.
Do‘l Istanbulning barcha shaharchalari: Esenler, Ayyub, Gungo‘ren, Umraniya, Kartal, Moltepa, Silivri, Beykoz, Tuzla, Sultong‘ozi, Uskudarda kuzatilgan.
Aholi do‘ldan zarar ko‘rmaslik uchun avtomobillarini xavfsiz joyga kiritib qo‘ygan. Xavfsiz joy topolmaganlar esa ulovlarini karton qog‘oz, adyol, ko‘rpalar bilan yopishgan.
Istanbulning ostki yo‘l o‘tkazgichlarini, yerto‘lalarni suv bosgan.
Kuchli yomg‘ir tufayli ulkan daraxtlar qulab, yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.
Noqulay obihavo tufayli Istanbul shahridagi Otaturk nomidagi va «Sabiha Go‘kchen» aeroportlariga qo‘nolmagan samolyotlar boshqa shaharlarga yo‘l olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter