Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil vakili BMT bosh kotibi iste’fosini talab qildi

Isroil vakili BMT bosh kotibi iste’fosini talab qildi

Kuni kecha Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi mojaro yuzasidan yig‘ilishida BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ushbu mojaro uzoq yillik qarama-qarshilik mevasi ekanini, HAMASning harakatlari shunchaki vujudga kelmaganini aytgandi.

«Falastin xalqi 56 yildan beri bosqin ostida yashab keldi», deya jiddiy bayonot bergandi u.

Bunga javoban Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan BMT Bosh kotibining iste’fosini talab qildi. U Guterrishning so‘zlarini «hayratlanarli», «dahshatli» va «mintaqamiz haqiqatiga mutlaqo aloqasi yo‘q» deb atadi.

«Isroilliklarga qarshi amalga oshirilgan HAMASning dahshatli xatti-harakatlarini tushunishini aytayotganlarni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi yoki ular bilan gaplashishning ma’nisi yo‘q», deb yozgan Gilad Erdan X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning havodan bergan zarbalari oqibatida 17 kun ichida G‘azoda kamida ikki ming nafar bola halok bo‘lgani aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring