Isroil raketasi xalqaro OAVlar joylashgan binoni portlatib yubordi (video)
Isroilning G‘azoga bergan havo hujumi xalqaro ommaviy axborot vositalarining ofislari joylashgan 15 qavatli binoning qulashiga olib keldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
«Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo shahridagi Assoshieyted Press va Al-Jazeera kabi bir qator xalqaro ommaviy axborot vositalarini joylashtirgan ko‘p qavatli uyini butunlay yo‘q qildi», deyiladi xabarda.
Isroil armiyasi XAMAS bu binoni harbiy maqsadlarda ishlatgani, xususan, harakat razvedka xizmatlarining idoralari u yerda joylashganligiga ishora qilib, berilgan zarbani tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter