Isroil Mahmud Abbosni G‘azoga o‘tkazmadi
Isroil Falastin prezidenti Mahmud Abbosning G‘azo sektoriga tashrif buyurishiga ruxsat bermadi.
Bu haqda Falastin prezidentining xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi va uning maxsus vakili, vazir Riyod al-Malikiy ma’lum qilgan.
«Biz Isroildan ruxsat so‘ramadik. Shunchaki prezidentning G‘azoga borishini e’lon qildik. Shundan so‘ng Isroilning javobi keldi, ular prezident Mahmud Abbosning G‘azoga kirishiga ruxsat bermasligini aytdi», — deyiladi xabarda.
Bundan oldin Abbos G‘azo sektoriga tashrif buyurish niyatida ekani ma’lum bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil oktyabrdan buyon Isroil agressiyasi oqibatida G‘azoda 40 mingdan oshiq kishi halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter