Isroil Livan poytaxtiga kuchli zarba berdi: tafsilotlar
Isroil kuchlari Livan poytaxti Bayrutdagi «Hizbulloh» qo‘mondonligiga zarba bergani aytilmoqda.
Isroil harbiylari o‘tgan hafta Golan tepaliklariga raketa hujumiga javoban Livan poytaxtiga zarba berganini iddao qilib chiqishdi.
«Isroil mudofaa kuchlari Bayrutda Majdal Shamsda bolalarning o‘ldirilishi va yana bir qancha isroillik tinch aholining o‘ldirilishi uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mondonga qarshi maqsadli zarba berdi», — deyiladi qurolli kuchlar bayonotida.
Hizbullohga yaqin manbaning AFP’ga aytishicha, Isroil hujumi guruhning Bayrut janubidagi shtab-kvartirasiga berilgan. Guvohlarning agentlikka aytishicha, ular kuchli portlash ovozini eshitgan va tutun ko‘tarilayotganini ko‘rgan.
Voqea joyida bo‘lgan AFP fotografining aytishicha, sakkiz qavatli binoning yuqori qavati shikastlangan; voqea joyiga tez yordam mashinalari yetib kelgan.
Shanba oqshomida Isroil tomonidan bosib olingan Golan tepaliklaridagi Majdal Shams shaharchasiga uyushtirilgan zarbada bir necha kishi halok bo‘lgandi.
«Hizbulloh» hujumga aloqadorligini rad etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter