Isroil harbiylari falastinlik futbolchini otib tashlashdi
Isroil harbiylari Nablus shahridagi reyd chog‘ida 23 yoshli falastinlik futbolchi Ahmed Daragmehni otib o‘ldirdi.
Mahalliy xabarlarga ko‘ra, G‘arbiy Sohil shimolidagi Nablus shahrida, Quddusdan taxminan 49 kilometr shimolda joylashgan harbiy reyd chog‘ida halok bo‘lgan va yaralanganlar orasida falastinlik futbolchi Ahmad Daragmeh ham bor.
«Taqafi Tulkarem» futbol jamoasida o‘ynagan va G‘arbiy Sohilning shimolidagi Tubas shahrida yashovchi 23 yoshli futbolchi 22 dekabr kuni erta tongda sodir bo‘lgan hujum oqibatida o‘qdan yaralanib vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter