Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil BMTga 24 soat vaqt berdi: G‘azo yo‘q qilinadimi?

Isroil BMTga 24 soat vaqt berdi: G‘azo yo‘q qilinadimi?

BMT vakillari Isroil armiyasidan 24 soat ichida qamaldagi G‘azo sektoridan 1,1 millionga yaqin odamni evakuatsiya qilish zarurligi haqida ma’lumot oldi.

CNN telekanalining 13 oktabr kuni xabar berishicha, Isroil armiyasi vakillari G‘azo sektorida ishlayotgan BMT xodimlariga G‘azo shimolidagi hududdan tinch aholini zudlik bilan evakuatsiya qilish zarurligini bildirgan. Bu vazifani bajarish uchun ularga 24 soat vaqt berildi, dedi BMT Bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik.

Isroil armiyasidan xabar BMT vakillari tomonidan payshanba kuni mahalliy vaqt bilan yarim tunda qabul qilindi. Tashkilot Isroil tomonidan ajratilgan vaqt G‘azo sektori shimolidagi butun aholini janubiy qismiga ko‘chirish uchun yetarli bo‘lmasligini aytgan.

«Bu taxminan 1,1 million kishiga taalluqlidir. Xuddi shu narsa BMTning barcha xodimlari va maktablar, sog‘liqni saqlash markazlari va shifoxonalar kabi BMT nazoratidagi muassasalarda joylashgan har bir kishiga tegishli. BMT halokatli gumanitar oqibatlarsiz bunday katta aholini ko‘chirishning iloji yo‘q deb hisoblaydi», deyiladi BMT bayonotida.

Tashkilotning ta’kidlashicha, Isroil tomonidan yuzaga keltirilgan o‘ta og‘ir sharoitlar tufayli G‘azo sektoridagi allaqachon «fojiali» vaziyat haqiqiy insonparvarlik falokatiga aylanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring