Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispan qirolining qamoqdagi kuyovi Yangi yilga javob so‘radi

Ispan qirolining qamoqdagi kuyovi Yangi yilga javob so‘radi

Inyaki Urdangarin.

Foto: «El Pais»

Ispaniya qiroli Filipp VI ning kuyovi, singlisi malika Kristinaning turmush o‘rtog‘i Inyaki Urdangarin Rojdestvo va Yangi yil bayramini oilasi bag‘rida kutib olish uchun qamoqxona ma’muriyatidan ruxsat berishlarini so‘radi, deyiladi «El Pais» xabarida.

Qirollik oilasining kuyovi Inyaki Urdangarin nega qamalgani haqida ilgari xabar berganmiz.

Inyaki Urdangarin «firibgarlik» bo‘yicha muddatni o‘tayapti, u bir necha million yevroni o‘zlashtirib yuborgan. Shu paytgacha jazoni o‘tash muassasasida o‘zi uchun belgilangan 5 yil va 10 oyning 531 kunini o‘tashgayam ulgurdi.

Maxsus komissiya Urdangaringa «bayram ta’tili»ni sovg‘a qilishi ehtimoli katta, negaki, Jazoni o‘tash qoidalarining 154-moddasi bunga imkon beradi, deb yozadi «El Pais». Qolaversa, qirolning kuyovi namunali xulqi bilan ajralib turadi, kamiga haftasiga ikki marta nogironlar markaziga ko‘ngilli bo‘lib borib yordamlashmoqda.

Ma’lumot uchun: Inyaki Urdangarin — sobiq sportchi, gandbol bo‘yicha olimpiya chempioni.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring