Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya qiroli merosdan voz kechdi — korrupsion mojaro

Ispaniya qiroli merosdan voz kechdi — korrupsion mojaro

Foto: RBK

Sobiq qirol Xuan Karlos I ning Saudiya Arabistonidan pul olishi bilan bog‘liq korrupsion mojaro yuzaga kelganidan keyin o‘g‘li — Ispaniyaning amaldagi  qiroli Filipp VI otasidan qoladigan barcha meroslardan voz kechdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Filipp otasi Xuan Karlosning merosi va qolaversa, noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin istalgan aktivlar, investitsiyalar va moliyaviy tuzilmalardan voz kechdi. Bundan tashqari, Filipp VI ning qarori bilan davlatning sobiq rahbari, ya’ni otasiga bundan buyon qirollik saroyi g‘aznasidan pul berilmaydi.

Gap shundaki, Panama fondi nomiga ochilgan shveysar bankidagi hisob-raqami aslida Xuan Karlos I niki deb taxmin qilinyapti, ushbu hisobga Saudiya Arabistonidan €100 mln. pul kelib tushgani yuzasidan Ispaniyada surishtiruv boshlanib ketgan. Matbuotda otasi ochgan ushbu fond benefitsiari (foydasini oluvchi) Filipp VI bo‘lishi mumkinligi haqida gaplar ham bolalab ketgandi.

Hammasi sobiq monarx bilan tanish ayol Korinna Sayn-Vitgenshteyn hamda politsiya sobiq inspektori, sud ishi figurantlaridan biri Xose Manuel Vilarexo o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat tafsilotlari matbuotga chiqib ketganidan keyin boshlandi. Vilarexo ushbu suhbatni yozib olgani aytilmoqda. O‘sha suhbatda Sayn-Vitgenshteyn aytishicha, taxtdan voz kechgan qirol Xuan Karlos I undan chet ellardagi mulklarini yashirishda foydalanib kelgan, qolaversa, sobiq monarxning Shveysariya banklarida hisob-raqamlari bor.

Ta’kidlanadiki, Xuan Karlos I Makka — Madina tezyurar temiryo‘li qurilishida ispan kompaniyalari konsorsiumi yutib chiqishi uchun saudiyaliklar bilan muzokaralarda vositachilik qilib pul ishlab olishga uringan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring