Ispaniya prokuraturasi xonanda Shakirani sudga bermoqchi
Ispaniya prokuraturasi xonanda Shakiraning soliqlardan bo‘yin tovlashiga oid tergovni yakunladi va uni sudga berish niyatida, deb xabar bermoqda «AiF».
Ispaniya hukumatining kolumbiyalik qo‘shiqchiga nisbatan e’tirozlari yilning boshidayoq e’lon qilingan edi.
Ta’kidlanishicha, Shakira mamlakatda bir necha yil yashaganiga qaramay, 2015 yildan boshlab soliq hisobiga kirgan. Xonandaning himoyasi esa u mamlakatda bir yilda 183 kundan ko‘proqgina yashagan va soliq to‘lovchi deb hisoblanmasligini aytmoqda.
Ispaniya prokuraturasi tergov o‘tkazib, Shakira 2012-2014 yillarda mamlakatda ruxsat berilgan muddatdan uzoq qolgani va bu vaqtdagi daromadidan soliq to‘lamaganini aniqlagan. Zarar miqdori 14,5 million yevroga baholanmoqda.
«Europa Press» ma’lumotiga ko‘ra, san’atkorga nisbatan jinoiy ish ochilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter