Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IShID tashlab qochgan qurollar kimga tegishli?

IShID tashlab qochgan qurollar kimga tegishli?

Foto:«Sabah.com»

IShID a’zolari Suriyaning Humus tumanida tashlab qochgan qurollar tekshirilganida, ular Fransiya va Amerikada ishlab chiqarilgani ayonlashdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Humusda sovuq qurollar bilan birga, harbiy texnika va aloqa vositalari ham topilgan.

Eronning «as-Suqna» nashri Badia qo‘rg‘onida olib borilgan harbiy operatsiyalarda topilgan qurollar ham AQSh va Fransiyada tayyorlanganini yozdi.

Duma shahridagi operatsiyalarda «an-Nusra» va IShID ishlatgan qurollarda «Made in USA» degan yozuv borligi aniqlandi.

Fransiyaning sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Lafarge» firmasi IShIDga mablag‘ jo‘natib turgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring