Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga amerikaliklar loyiq topildi
Shvetsiya Davlat banki ta’sis etgan Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti AQSh Federal rezerv tizimining sobiq raisi Ben Bernanke hamda amerikalik tadqiqotchilar Duglas Daymond va Filipp Dibvigga topshirildi.
Ta’kidlanishicha, mukofot banklar va iqtisodiy inqirozlar sohasidagi olib borilgan tadqiqotlar uchun berilgan.
«Ularning tadqiqotlari banklar muvaffaqiyatsizliklarining sabablarini o‘rganishda muhim hisoblanadi», – deyiladi Nobel qo‘mitasi bayonotida.
Qayd etilishicha, ularning tadqiqoti bilan iqtisodchilar banklar va bank faoliyatini tartibga solish, shuningdek, bank inqirozlari va ularni boshqarish usullari haqidagi tushunchalarini kengaytiradilar.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili bu yo‘nalishdagi mukofot uch amerikalikka topshirilgandi. Devid Kard «mehnat iqtisodiyotiga qo‘shgan empirik hissasi», Joshua Angrist va Gvido Imbens «sabab-oqibat tahliliga qo‘shgan uslubiy hissasi» uchun nomzod bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3-oktyabrdan buyon Nobel qo‘mitasi 2022-yilgi tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot va tinchlik yo‘nalishlari bo‘yicha mukofotlarini topshirib bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter