Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyaliklarning Isroilga kirishi taqiqlandi

Indoneziyaliklarning Isroilga kirishi taqiqlandi

Foto:«Depositphotos»

Isroil tashqi ishlar vaziri indoneziyaliklarning Isroilga kirishini taqiqlovchi qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.

Isroil tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu qaror Indoneziyaga isroilliklarning kirishi taqiqlanishiga javoban qabul qilindi.

O‘tgan hafta Indoneziya hukumati G‘azo sektoridagi qatliomlar tufayli isroilliklarning Indoneziyaga kirishini taqiqlagan edi.

Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar uzilgan bo‘lsa-da, iqtisodiy hamkorlik davom etayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring