Indoneziyada xavfli vulqon uyg‘ondi
Indoneziyaning Java orolidagi Merapi vulqoni uyg‘ondi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Vulqonologiya va geologiya markazi (PVMBG) ma’lumotlariga ko‘ra, Jokyakarta shahidagi Merapi vulqonidan otilgan lava va kul tumani 6 kilometr masaofaga tarqalgan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutasaddisi Sutopo Puruo Nugrohoning aytishicha, vulqonning kuli va tumani tufayli hanuz Adisutjipto aeroportida parvozlar bekor qilinganicha yo‘q.
Nugroho vulqonning 3 kilometr doirasidagi aholi ko‘chirilishini aytdi.
Java orolidagi 2968 metr yuksaklikdagi Merapi vulqonidan 2010 yili lava otilishi oqibatida 347 kishi halok bo‘lgan edi.
Indoneziyada 130 ta faol vulqon bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter