Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada minglab odamlar yoqilg‘i narxi oshishiga qarshi namoyishga chiqdi (video)

Indoneziyada minglab odamlar yoqilg‘i narxi oshishiga qarshi namoyishga chiqdi (video)

Indoneziyada odamlar yoqilg‘i narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazmoqda. Jakartadagi parlament binosi oldiga minglab namoyishchilar yig‘ilgan.

Namoyish qatnashchilari prezident Joko Vidodo hukumatining imtiyozli yoqilg‘i narxini oshirish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishni talab qilmoqda, deb xabar beryapti Indoneziyaning «Tempo» axborot portali.

Nashrning yozishicha, norozilik namoyishlari tashkilotchilari Indoneziya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (IKUK) va Indoneziya mehnat partiyasi hisoblanadi. Birgina Jakartada mitingga 1500 dan ortiq odam chiqdi.

– Avvalo, biz Indoneziya prezidentiga yonilg‘i narxini oshirishni to‘xtatish talabi bilan xat yuboramiz. Ikkinchidan esa parlamentdan narxlarning oshishi bilan bog‘liq masalani hal qilish uchun maxsus guruh tuzishni so‘rayapmiz. Lekin hozircha mutasaddilardan hech qanday chora ko‘rishmayapti, – deydi IKUK rahbari Said Iqbol.

U, shuningdek, agar talab qondirilmasa namoyishlar davom etishini, bu kuzning oxirgi oylariga borib keng ko‘lamli ish tashlashga sabab bo‘lishi mumkinligini oqibatda esa butun mamlakat bo‘ylab ishlab chiqarish to‘liq to‘xtab qolishi ehtimolini ilgari surgan.

Ayni paytda butun mamlakat bo‘ylab turli aksiyalar o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyada yoqilg‘i 30 foizga qimmatlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring