Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada ikkita orol suv ostida qolib ketdi

Indoneziyada ikkita orol suv ostida qolib ketdi

Foto: «RIA Novosti»

Iqlim o‘zgarishi tufayli suv sathi ko‘tarilishi natijasida Indoneziyaning Janubiy Sumatra provinsiyasi tarkibiga kiruvchi ikkita orol suv ostida qolib ketdi, deb yozadi «Jakarta Post» gazetasi Indoneziya atrof-muhit forumi ma’lumotiga tayanib.

Farumning xabar berishicha, odam yashamaydigan kichik Betet va Gundul orollari suv ostiga g‘arq bo‘ldi. Ular dengiz sathidan 1 va 3 metr pastda qolib ketgan. Ta’kidlanishicha, Betet Berbak-Sembilang milliy bog‘ining bir qismi hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, okean sathi ko‘tarilishiga qarshi hech qanday chora ko‘rilmasa, Indoneziyadagi yana to‘rtta orol yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring