Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziya sohillarida yer qimirladi

Indoneziya sohillarida yer qimirladi

Foto: «Flickr»

5,6 magnitudali zilzila Indoneziya sohillarida Molukka dengizida sodir bo‘lgan, deya xabar berdi AQSh Geologiya xizmati (USGS).

Zilzila chorshanba kuni UTC vaqtiga ko‘ra soat 21:03 da qayd etilgan (02:03). Zilzila epitsentri Shimoliy Maluku provinsiyasining Ternate shahridan 83 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan. O‘chog‘i 29,1 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Qurbonlar va halokatlar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring