Indoneziya poytaxtini ko‘chirmoqda
Indoneziya poytaxtini Jakartadan Kalimantanga ko‘chirmoqda.
Yangi poytaxt Indoneziya joylashgan mintaqaning she’riy nomi sharafiga Nusantara deb nomlanadi. Poytaxtning ko‘chirilishi 2024 yilda amalga oshishi mumkin.
Asosiy infratuzilma, ofislar, maktablar va tibbiyot muassasalarini yaratish uchun 2 milliard dollar ajratiladi.
Bu bilan hukumat, muntazam suv toshqinlaridan aziyat chekayotgan va yer osti suvlarining ta’siri tufayli dunyodagi eng tez cho‘kayotgan shaharlardan biri bo‘lgan Jakartaga bosimni yumshatishga umid qilmoqda. Shimoliy Jakartaning ayrim qismlari cho‘kish tufayli yiliga taxminan 25 sm suv ostida qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter