Ilon Mask Pavel Durovning qo‘lga olinishiga izoh berdi
X ijtimoiy tarmog‘i egasi, milliarder Ilon Mask Telegram asoschisi Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga izoh berdi.
«Mana bu yerda (AQSh Konstitutsiyasiga) birinchi tuzatishning reklamasi. U juda ishonarli», - deb yozdi u X tarmog‘ida Durovning hibsga olinishiga javoban.
Mask shuningdek, 2030 yilga borib Yevropada memlarga «yoqtirish» tugmasini bosganlar qatl etilishi mumkinligini haqida istehzo bilan yozgan.
AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan birinchi o‘zgartirish Huquqlar Billining bir qismidir. Bunda AQSh Kongressi (boshqa narsalar qatori) so‘z va matbuot erkinligini buzmasligini ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter