Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask giyohvandlikka berilib ketgani rostmi?

Ilon Mask giyohvandlikka berilib ketgani rostmi?

Tesla va SpaceX kompaniyalarining milliarder rahbari Ilon Mask giyohvandlikka berilgani haqida gaplarni inkor etdi. Bu haqda Forbes yozadi.

Tadbirkorning qo‘shimcha qilishicha, uch yil davomida taqiqlangan moddalar bo‘yicha o‘tkazilgan tasodifiy testlar uning organizmida oz miqdorda ham giyohvand moddalar yoki alkogol yo‘qligini ko‘rsatgan. Maskning advokati Aleks Spiro ham avvalroq test hech qachon ijobiy bo‘lmaganini tasdiqlagan va biznesmenga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, ularda  «yolg‘on faktlar» borligini aytgan.

Bir kun avval The Wall Street Journal Maskning kompaniyalari top-menejerlariga asoslanib, milliarder giyohvand moddalarni iste’mol qilishi haqida yozgan. Uning giyohvandligi Tesla va SpaceX direktorlar kengashi a’zolarida xavotir uyg‘otayotgani ma’lum qilingan. Nashrning aniqlik kiritishicha, oltita kompaniya, taxminan 1 trillion dollarlik investor aktivlari, o‘n minglab ish o‘rinlari va AQSh kosmik dasturining bir qismi Mask bilan bog‘liq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring