Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi «aksilterror» operatsiyasini yakunlash shartlarini e’lon qildi
Ozarbayjonning Qorabog‘dagi «aksilterror» amaliyoti arman kuchlari qurollarini tashlaganidan keyingina to‘xtatiladi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali suhbatlashganda ma’lum qilgan.
«Aliyev qurollar qo‘yilsa va arman qo‘shinlari qurolsizlantirilsa, aksilterror choralari to‘xtatilishini aytdi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi prezident ma’muriyati.
Suhbat chog‘ida siyosatchi Amerika tomonining tashabbusi bilan Qorabog‘da Armaniston tomonidan yangi provokatsiyalarning oldini olish uchun mamlakat mahalliy aksilterror choralarini ko‘rishga majbur bo‘lganini tushuntirgan. Shu bilan birga Ilhom Aliyev Ozarbayjon kuchlari tomonidan na tinch aholi, na infratuzilma ob’yektlari o‘qqa tutilmaganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida faqat qonuniy harbiy nishonlar yo‘q qilingan.
Shuningdek, Ozarbayjon rahbari prezident ma’muriyati Qorabog‘ viloyatidagi arman aholisini bir necha bor muloqotga taklif qilgani, ammo rad javobini olganini ta’kidlagan
O‘z navbatida Entoni Blinken Qo‘shma Shtatlar mavjud vaziyatdan xavotirda ekanligini, shuningdek, Ozarbayjon tomonni harbiy harakatlarni to‘xtatish va vaziyatni yumshatishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Ozarbayjon Qorabog‘da «aksilterror harakatlari»ni boshladi. Hozircha «aksilterror» operatsiyasi natijasida Qorabog‘da 27 kishi halok bo‘lgani aytildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter