Ikki yoshli qizcha o‘qlangan qurol topib oldi va o‘zini otib qo‘ydi
Amerikaning Virjiniya shtatida yashovchi ikki yoshli qizaloq Xempton uydan o‘qlangan to‘pponcha topib oladi. Albatta qizaloq bunday «o‘yinchoq» qanchalik xavfli ekanligini bilmas edi.
Natijada ikki yoshli qizaloq tepkini bosdi va tasodifan o‘zini otib qo‘ydi. Yaralangan qizaloq tezda kasalxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadilar.
Hozircha qurol egasi hibsga olinmagan bo‘lsa-da, jinoyat ishi o‘ta og‘ir jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi tomonidan tergov qilinmoqda. Dastlab qurolni saqlayotgan ota-ona nima uchun mas’uliyatsizlik qilgan va bola uni topib olganida uyda kattalar bo‘lganmi yoki yo‘qmi shuni aniqlash kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter