Ikki nafar shifokor, 3 siyosiy partiya a’zosi, direktor, prorektor — Turkmanistonda prezidentlikka nomzodlar ma’lum bo‘ldi
Turkmaniston prezidentligiga da’vogarlarni ro‘yxatga olish kampaniyasi yakunlandi. Umumiy hisobda markaziy saylov komissiyasi 9 nafar nomzodni ro‘yxatga oldi. Bu haqda Turkmenportal ma’lum qildi.
Ulardan 3 nafari siyosiy partiyalar, 6 nafari esa fuqarolarning tashabbuskor guruhi tomonidan ko‘rsatilgan.
Ular orasida: Demokratik partiyadan Bosh vazir o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov, Agrar partiyadan Mariy viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Agadjan Bekmurodov, Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasidan «Vepali Gurlushik» iqtisodiy jamiyati direktori Babamurat Meredov.
Tashabbuskor guruhlardan: moliya-iqtisodiyot o‘rta kasb-hunar bilim yurti direktori Perxat Begendjov, «Avaza» sanatoriysi bosh shifokori Berdimammet Gurbanov, sanitariya bo‘limi boshlig‘i Maksatimirat Ovezgeldiyev, Turkmaniston davlat energetika institutining «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari» ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori Kakageldi Sariyev, Dashoguz viloyatidan partiya qo‘mitasi raisi Maksat Odeshov, Turkman davlat jismoniy tarbiya va sport instituti ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha prorektori Xidir Nunnayev.
Joriy yilning 12 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Turkmaniston prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter