Ikki ming yevrolik vaza 7,7 mln yevroga sotildi
Fransiyada kimoshdi savdosiga qo‘yilgan 2 000 yevro qiymatli vaza juda qizg‘in savdolardan so‘ng 7,7 mln yevroga sotildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Savdolar Osenat auksionlar uyi tomonidan Parij yaqinidagi Fontenbloda o‘tkazildi.
Sin sulolasi uslubida yasalgan chinni vazaning ishqibozlari favqulodda ko‘payib ketdi, 30 nafar xaridor (asosan xitoyliklar) vaza uchun talashib-tortishdi. Vaza XVIII asrga mansubligiga ularning ishonchi komil edi.
Vazani esa auksionga Fransiyaning dengizorti hududida yashovchi ayol qo‘ygandi (unga onasidan meros qolgan). O‘sha ayol kimoshdi tashkilotchilariga ma’lum qilishicha, vaza bunday buyumlarga qiziquvchi buvisining kolleksiyasida bo‘lgan.
Emal bilan qoplangan, bulutlar va ajdaho suratlari bilan bezalgan vaza sotuvga XX asrda yasalgan oddiy vaza sifatida qo‘yildi. Hech qanday firib yo‘q. Biroq bu lot uchun kurashgan xaridorlarning fikrini o‘zgartira olmadi. Vazani tomosha qilish uchun kelayotgan xitoyliklarning keti uzilmadi.
«Bizning ekspertimizning fikricha, bu osori atiqa emas, oddiy vaza», — dedi Osenat auksionlar uyi direktori Sedrik Labord.
Uning aytishicha, vazani xitoylik xaridor sotib oldi, endi uni namoyishga qo‘ysa kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter