Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijevskdagi maktablardan birida otishma yuz berdi. Bolalar orasida qurbonlar bor

Ijevskdagi maktablardan birida otishma yuz berdi. Bolalar orasida qurbonlar bor

Ijevskdagi maktablardan birida otishma yuz berdi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar binodan evakuatsiya qilingan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda.

Otishma dars vaqtida sinfga bostirib kirgan noma’lum shaxs tomonidan sodir etilgan. Dastlabki ma’lumotlarda yuz bergan otishma natijasida uch kishi: ikki bola va qo‘riqchi yaralangani aytilgan edi.

Keyinroq esa otishma qurbonlari soni 6 kishiga yetgani ular orasida bolalar ham borligi ma’lum qilindi. Shuningdek, 20 nafar kishining jarohatlangani, ularning ba’zilari derazadan sakrab qochib chiqayotganida yaralangani aytilmoqda.

Udmurtiya rahbari Brechalov Ijevskdagi otishma ketayotgan maktabga yetib borgan. U, shuningdek, halok bo‘lganlar orasida bolalar ham borligini tasdiqlagan.

«Ijevskdagi maktabda otishma oqibatida qo‘riqchi halok bo‘ldi», – degan viloyat rahbari.

Yaralangan o‘quvchilar binodan evakuatsiya qilinmoqda.

Mamlakat IIV qurbon bo‘lgan va jarohatlanganlar haqida bayonot berib, qotilning o‘z joniga qasd qilganini ma’lum qildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring