Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichkilikka berilgan vazir ishdan ketdi — Kanada

Ichkilikka berilgan vazir ishdan ketdi — Kanada

Devin Drishen.

Foto: facebook.com/DevinDreeshen4AB

Kanadaning Alberta viloyati o‘rmon sanoati va qishloq xo‘jaligi vaziri Devin Drishen ishdan bo‘shadi.

Vazir spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgandi. Hatto kabinetida ham o‘zini tiya olmagan. «CBC News» nomi ochiqlanmagan manbalariga asoslanib yozishicha, Drishen parlamentdagi kabinetiga qamalib olib ichishni odat qilgan va bunaqa holat kamida o‘n marta kuzatilgan. Faqat parolni aytganlarga eshikni ochgan...

Bu xabarlar OAVda tarqab ketgach, Drishen kechirim so‘rab, ishdan bo‘shashga ariza yozdi.

«Bosh vazir Jeyson Kenni ishdan bo‘shash haqida yozgan arizamni qabul qildi. Ichkilikka berilishim hukumatga muammo bo‘lganiga iqrorman», — deb yozdi Drishen «Facebook»da.

Sobiq vazir bo‘lib o‘tgan ishlardan qattiq afsusda: «Men uchun ham, viloyat (Alberta) uchun ham eng yaxshisi shu — iste’foga ketib, shaxsiy salomatligim va ertam haqida o‘ylash».

Ibrat ko‘rsatishning kechi yo‘q...    

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring