Hodisa Las-Vegas aholisini qo‘rquvga soldi (foto)
Rasmiylar fuqarolarni tinchlantirishga shoshilishdi: bu qo‘ziqorin shaklini olgan oddiy bulut edi.
Nevada shtatining eng yirik shahri — Las-Vegas ustida «yadro qo‘ziqorini» deb ataladigan bulut paydo bo‘ldi, bu odatda atmosferada yadro portlashidan keyin sodir bo‘ladigan hodisani eslatadi.
Ko‘plab guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u yorqin qizil edi.
Bu hodisa mahalliy aholini qo‘rqitib yubordi. Ularning ko‘pchiligi Amerika yadroviy poligoni aynan Nevadada joylashganini bilishadi. Shuningdek, Las-Vegasdan 133 km uzoqlikda AQSh havo kuchlari bazasi joylashgan.
Ushbu baza eng sirli joylardan biri bo‘lib, u 1951 yilda qurilgan bo‘lsa ham, uning mavjudligi davlat tomonidan yaqindagina tan olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter