Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonliklar ruslar qurayotgan AESdan ayb topishdi

Hindistonliklar ruslar qurayotgan AESdan ayb topishdi

Foto: «Wikimedia»

Rossiya qurayotgan atom elektr stansiyasining buyurtmachisi — Hindiston atom energiyasi korporatsiyasi (NPCIL) Aleksey Mordashovga qarashli «Silovie mashini» kompaniyasi yetkazib bergan turbina qurilmalarini boshqasiga almashtirishni so‘rayapti. Tomonlar muzokaralar stoliga o‘tirishgan.

Hindistondagi «Kudankulam» AESining tayyor bloklariga o‘rnatish uchun olib kelingan «Silovie mashini»ning turboqurilma va generatorlari sifati hindistonlik mutaxassislarni qoniqtirmadi. Manbalarning xabariga ko‘ra, Nyu-Deli «Rosatom»dan bularning o‘rniga Yaponiyada ishlab chiqarilganini keltirib o‘rnatishni so‘ramoqda.

Bu yerda gap ta’minotchini almashtirish haqida ketmayapti, chunki qurilayotgan bloklar uchun barcha qurilmalar kontraktatsiyalab bo‘lingan. Talab hukumatlararo bitimda aksini topgan va 2034-yilgacha qurib bo‘linishi kutilayotgan AESga.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring