Hindistonda sel tufayli 27 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida kuzatilayotgan sel oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.
«Times of India» gazetasining hukumat mutasaddilari ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, shtatning turli hududlarida kuzatilayotgan sel tufayli yo‘llar cho‘kkan, simyog‘ochlar qulagan, uylarning devorlari yorilib ketgan.
Mahalliy meteorologiya xodimlarining ma’lum qilishicha, yog‘ingarchilik yana bir necha kun davom etar ekan.
Shamli shahrida ham sel sababli 5 kishi yaralangan. Agra shahrida esa suv toshqinlari sababli 500 dan ziyon oila xavfsiz hududga ko‘chirilgan. Uttar-Pradesh shtatida poyezdlar qatnovi bekor qilingan. Qishloqlar bilan aloqa qilishning imkoni bo‘lmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter