Hindistonda yonayotgan kimyo zavodidan 18 insonning jasadi chiqdi (video)
Hindistonning Puna shahri yaqinidagi sanoat zonasida kimyoviy zavodda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi bedarak yo‘qoldi, deya xabar berdi shahar yong‘in xizmati.
«Hozirgacha 18 ta jasadni topdik», — dedi NDTV telekanali efirida departament vakili.
Dezinfeksiyalovchi vositalar ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in boshlanganda 37 kishi ishlayot bo‘lgan, ulardan 20 nafari qutqarilgan, deya xabar berdi o‘t o‘chirish xizmati. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun sakkizta o‘t o‘chirish mashinasi jalb qilingan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi yong‘inda odamlar halok bo‘lganidan dili xufton bo‘lganligini ma’lum qildi.
«Maxarashtra shtati Puna shahridagi fabrikada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida odamlar halok bo‘lganidan qattiq qayg‘udaman. Qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildiraman», — deb yozgan u «Twitter»da.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter