Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda yana bir xavfli kasallik paydo bo‘ldi

Hindistonda yana bir xavfli kasallik paydo bo‘ldi

Foto: «Reuters»

Hindistonda koronavirus tarqalishining noxush ta’siri sifatida paydo bo‘lgan «qora mog‘or» epidemiyasi fonida yana bir zamburug‘ kasalligi aniqlandi. Uni mamlakatda «oq mog‘or» deb atashmoqda, deya xabar berdi «Times of India».

COVID-19ning halokatli epidemiyasini boshidan kechirayotgan mamlakat sharqidagi Bixar shtatida yangi zamburug‘ kasalligini yuqtirishning to‘rtta holati qayd etildi. Shifokorlardan biri vafot etgan.

Tibbiyot xodimlarining fikriga ko‘ra, «oq mog‘or» o‘pka, oshqozon, buyrak, jinsiy a’zolar, shuningdek, tirnoq va teriga tez va kuchli ta’sir etishi sababli «qora»sidan xavfliroq.

Shifokorlar ogohlantirishicha, asosan o‘pka va burun bo‘shlig‘iga salbiy ta’sir qiladigan «qora mog‘or»dan farqli o‘laroq «oq mog‘or» butun organizmning hayotiy faoliyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bundan tashqari, oq zamburug‘ni yuqtirish, ayniqsa, homilador ayollar va bolalar uchun xatarli tus olishi mumkin.

Ham «qora», ham «oq mog‘or»ni yuqtirish xavfi immuniteti zaiflashgan odamlarda, shuningdek, hamroh kasalliklar, jumladan, diabetga chalingan, steroidlar va kisloroddan foydalanuvchi bemorlarda yuqoriroq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring