Hindistonda topilgan xazinaning egasi chiqmadi: uning taqdiri nima bo‘ldi?
Sakkiz yil avval Monblanda fransiyalik alpinist bir quti yoqut, sapfir va zumrad topib olgandi. Hozirda 150 ming yevrolik xazinaning yarmini qo‘lga kiritdi. Qimmatbaho taqinchoqlar yarim asr muqaddam halokatga uchragan Hindiston samolyoti yo‘lovchisiga tegishli bo‘lgan, deb xabar bermoqda France24 portali.
Qayd etilishicha, 2013-yilda bir alpinist xazina topib olib, Fransiya qonunchiligiga ko‘ra, uni politsiyaga topshirgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari xazina egasining yaqinlarini topa olmagan. Natijada topilgan xazina alpinist va Chamonix shahri o‘rtasida teng ikkiga taqsimlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan asrda Air India aviakompaniyasining ikkita layneri ushbu tog‘da qulagan edi. Bu 1950 va 1966-yillarda sodir bo‘lgan. Birinchi falokat 48 kishini, ikkinchisi 117 kishini, jumladan, Hindiston yadro dasturi kashshofi Homi Jehangir Babaning umriga zomin bo‘lgan. Qimmatbaho taqinchoqlar katta ehtimol bilan Bombeydan (Mumbay) Nyu-Yorkka ketayotgan ikkinchi layner yo‘lovchisiga tegishli bo‘lgan.
Alpinistlar uzoq yillar davomida Montblanda odam qoldiqlari va yuk bo‘laklarini topishgan. Mana, masalan, 2012-yilda tog‘da Hindistondan diplomatik pochta solingan sumka topilgan. Unda 1966-yilgi gazetalar, taqvimlar va shaxsiy xat bor edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter