Hindistonda o‘nlab maktab o‘quvchilari suvga cho‘kib ketdi
Hindistonda maktab o‘quvchilari o‘tirgan qayiq ag‘darilib ketdi, bir necha kishi vafot etgan.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Hindistonning Gujarat shtatidagi Vadodara shahri chekkasidagi Harni Motnat ko‘lida 27 (boshqa manbalarga ko‘ra, 23) maktab o‘quvchisi bo‘lgan qayiq ag‘darilib ketgan.
Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Xabar qilinishicha, qutqaruvchilar besh kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan, biroq kamida olti kishi halok bo‘lgan, qurbonlar soni ortishi kutilmoqda. Bolalar xususiy maktabda o‘qishgan va sayohatga chiqishgan bo‘lgan. Voqea guvohlarining ta’kidlashicha, yo‘lovchilarning hech biri qutqaruv jiletini kiymagan.
Gujarat ta’lim vaziri Kuber Dindoor IndiaTVNews telekanaliga shunday dedi: «Men hozirgina maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan qayiq ko‘lga ag‘darilib ketishi natijasida olti bola halok bo‘lganini bildim. Qutqaruv ishlari davom yetmoqda. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy kuchlari va o‘t o‘chirish brigadalari boshqa idoralar bilan hamkorlikda ishlamoqda».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter