Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda Nipax virusidan zararlanganlar soni 14ga yetdi

Hindistonda Nipax virusidan zararlanganlar soni 14ga yetdi

Foto:«AP»

Hindistonning janubidagi Kerala shtatida o‘ta xavfli bo‘lgan Nipax virusidan zararlanganlar soni 14 ga yetdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, vafot etgan 14 kishidan 11 nafari Kojikodadan, qolgan uch nafari Malappuramadan bo‘lgan. Bu ikki shahar bir-biridan 50km uzoqlikda joylashgan. Ayni damda yana 26 kishi shifokor nazorati ostida.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Nipax ilk bor 1998-yilda Kampung Sungay Nipax (Malayziya)da avj olgan kasallik chog‘ida aniqlangan. O‘sha paytda bu infeksiyaning tarqatuvchilari cho‘chqalar bo‘lgan. Ammo keyingi uchragan kasalliklarda tarqatuvchilar bo‘lmagan. 2004-yilda ushbu virus bilan ommaviy kasallanish Bangladeshda ro‘y bergan.

Bugungi kunda Nipaxga qarshi hech qanday vaksina mavjud emas. Kasallanishning 70 foizi o‘lim bilan yakun topadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring