Hindistonda koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada fojia yuz berdi (video)
Hindistonning Mumbay megapolisida koronavirus bilan kasallanganlar davolanayotgan shifoxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Reuters» xabar bermoqda.
Qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar yong‘indan 76 bemorni evakuatsiya qilishgan. Ular orasida sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan yetti kishi ham bor. Bemorlarning barchasi boshqa shifoxonaga yotqizilgan.
Koronavirus bilan kasallanganlar uchun klinika savdo markazining uchinchi qavatida joylashgan bo‘lib, yong‘in uning birinchi qavatida kelib chiqqan. Yong‘in murakkabligi uchinchi daraja deya baholangan.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari noma’lum, tekshiruvlar olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter