Hindistonda halokatga uchragan samolyot qurbonlari soni 20 nafarga yetdi
«Air India Expres» kompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyoti Hindiston aeroportida halokatga uchragani haqida xabar bergandik. Kecha Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da halokatga uchragan «Boeing 737» havo kemasi Dubay—Kojikode (Kerala shtatidagi shahar) reysi bo‘ylab Hindistonga uchib kelgandi.
Samolyot qo‘nayotganida muvozanatini yo‘qotishi va uchish-qo‘nish yo‘lakchasi chegarasidan chiqib ketishi halokatga sabab bo‘lgan.
«Hindustan Times» xabariga ko‘ra, ushbu hodisa qurbonlari soni 20 nafarga yetdi, 140 dan ortiq inson jarohatlangan. Har ikki uchuvchi ham halok bo‘lgan.
Samolyot bortida jami 190 inson bo‘lgan, jumladan, 174 nafari kattalar, 10 nafar bola, ikki uchuvchi va ekipajning to‘rt nafar a’zosi.
Yo‘lovchilar koronavirus pandemiyasi tufayli xorijda qolib ketgan hindistonliklar edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter