Hindistonda chaqmoq urishidan 60 kishi halok bo‘ldi
Hindiston shimolida chaqmoq urishi natijasida kamida 60 kishi, shu jumladan, O‘rta asrlar saroyiga tashrif buyurayotganda selfi tushishga uringan o‘ndan oshiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Uttar-Pradeshda yakshanba kuni chaqmoq urishi natijasida 41 kishi vafot etgan. Hodisa asosan qishloq joylarida bo‘lib, unda ayollar va bolalar falokat qurboni bo‘lishgan.
Jaypur yaqinidagi mashhur Amber saroy majmuasiga tashrif buyurgan sayyohlar orasida ham ommaviy o‘lim hodisasi yuz bergan. Qal’aning kuzatuv minorasiga urilgan chaqmoq o‘sha paytda selfiga tushayotgan 11 kishini o‘ldirgan.
Shtat bo‘ylab yana to‘qqiz kishi yakshanba kuni chaqmoq urishi natijasida vafot etgan.
Bosh vazir Narendra Modi qurbonlarning oilalari va chaqmoq chaqishi qurbonlariga moddiy tovon to‘lashini e’lon qilgan.
O‘tgan yili ham Hindistonning Uttar-Pradesh shtatining turli joylarida chaqmoq urishi natijasida ko‘plab insonlar halok bo‘lishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter