Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda 38 nafar shaxs o‘limga hukm qilindi

Hindistonda 38 nafar shaxs o‘limga hukm qilindi

Illyustrativ foto

Hindiston sudi Ahmadoboddagi portlashlarda ayblanayotgan 38 kishini o‘limga hukm qildi, deb xabar berdi «India TV». 2008-yilda sodir etilgan ushbu xunrezlik oqibatida 60 ga yaqin inson hayotdan bevaqt ko‘z yumgandi.

Ahmadoboddagi portlashlarga daxldor jami 49 nafar shaxs sudga tortilgandi. Ularga qotillik, o‘limga qasd qilish, isyonga chaqirish, e’tiqodi turlicha odamlar o‘rtasiga nifoq solish hamda terrorizmga qarshi qonun bandlarini buzish kabi ayblovlar ilgari surilgandi.

«Ahmadoboddagi maxsus sud juma kuni hukm chiqardi: sudlanuvchilarning 38 nafari o‘lim jazosini oldi, 11 kishi umrbod ozodlikdan mahrum etildi», — deb xabar berdi telekanal.

2008-yilning iyul oyida Ahmadobodda sanoqli daqiqalar farqi bilan 22 ta portlash sodir etilgandi. O‘shanda 56 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq inson jarohatlangandi. Ertasi kuni politsiya janubdagi Surat shahrida portlamay qolgan 10 ta portlatish moslamasini topgan. Terakt uchun javobgarlikni o‘shanda «Hind mujohidlari» guruhi o‘z bo‘yniga olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring